Maxfiylik Siyosati va Xizmat Shartlari

Maxfiylik Siyosati

Ushbu hujjat Oson Test platformasi (oson-test.uz) foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, saqlash, ishlatish, himoya qilish va to'lov tizimi qoidalarini belgilaydi.

Platformadan foydalanish orqali siz ushbu siyosat shartlariga rozilik bildirasiz.

Oxirgi yangilanish: 22.04.2026

1. To'planadigan ma'lumotlar
Siz to'g'ridan-to'g'ri taqdim etadigan ma'lumotlar:
  • Hisob ma'lumotlari: ism, familiya, foydalanuvchi nomi, email, telefon raqami, parol (shifrlangan holda saqlanadi)
  • Profil ma'lumotlari: profil rasmi, bio/ma'lumot, Telegram ID
  • Ta'lim ma'lumotlari: imtihon javoblari, test natijalari, kurs progressi, sertifikatlar
  • So'rovnoma javoblari: so'rovnoma va anketa javoblari, yuklangan fayllar
  • CEFR va IELTS ma'lumotlari: 4 ta ko'nikma (Listening, Reading, Writing, Speaking) bo'yicha javoblar; Writing — to'liq matn; Speaking (async rejim) — yuklangan audio yozuv; IELTS band (0–9) va CEFR darajasi (A1–C2) natijalari
  • Proctoring ma'lumotlari: proctoring yoqilgan imtihonlarda kamera surati (har 5 daqiqada), fullscreen chiqish hodisalari, aniqlangan yuz soni
  • To'lov ma'lumotlari: to'lov summasi, to'lov usuli, tranzaksiya holati (karta raqamlari platformada saqlanmaydi)
Avtomatik to'planadigan ma'lumotlar:
  • Texnik ma'lumotlar: IP manzil, brauzer turi va versiyasi, operatsion tizim, qurilma turi
  • Foydalanish ma'lumotlari: sahifalar tashrifi, tizimga kirish vaqti, sessiya davomiyligi
  • Cookie fayllari: sessiya identifikatorlari, til sozlamalari, autentifikatsiya tokenlari
Uchinchi tomonlar orqali olinadigan ma'lumotlar:
  • Google OAuth2: Google hisob orqali kirganda ism, email va profil rasmi
  • Telegram: Telegram bot orqali foydalanuvchi ID, ism, foydalanuvchi nomi
2. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadlari
  • Xizmat ko'rsatish: hisobingizni yaratish, imtihonlar va kurslarni taqdim etish, natijalarni hisoblash
  • To'lov operatsiyalari: balansni boshqarish, to'lovlarni qayta ishlash, tranzaksiya tarixini saqlash
  • Xavfsizlik: hisobni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish, API rate limiting, shubhali faoliyatni aniqlash
  • Aloqa: muhim xabarlar, parolni tiklash, to'lov bildirishnomalari (SMS va email orqali)
  • Sertifikatlash: imtihon natijalari asosida sertifikat yaratish (ism, ball, sana ko'rsatiladi)
  • Tahlil: platforma ishlashini yaxshilash, xatolarni tuzatish, foydalanish statistikasi
Muhim: Biz sizning ma'lumotlaringizni hech qachon uchinchi tomonlarga sotmaymiz, ijaraga bermaymiz yoki reklama maqsadida foydalanmaymiz.
3. Ma'lumotlarni himoya qilish
  • Shifrlash: barcha ma'lumotlar SSL/TLS (HTTPS) protokoli orqali uzatiladi. Parollar bir tomonlama xesh algoritmi bilan saqlanadi
  • Autentifikatsiya: token asosidagi API autentifikatsiya, 30 kunlik avtomatik muddati tugash, sessiya 12 soatda tugaydi
  • API himoyasi: rate limiting (anonim 30/min, foydalanuvchi 60/min, autentifikatsiya 5/min), CSRF himoya, CORS sozlamalari
  • Ma'lumotlar bazasi: to'lov operatsiyalari atomic tranzaksiyalar bilan himoyalangan (ma'lumot yo'qolishi oldini olish)
  • Kirish nazorati: rollar tizimi orqali ma'lumotlarga kirish cheklangan. Oddiy foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi
  • Karta ma'lumotlari: to'lov karta raqamlari platformada saqlanmaydi. To'lovlar Atmos to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi
4. Ma'lumotlarni uchinchi tomonlarga uzatish

Sizning ma'lumotlaringiz quyidagi holatlarda uchinchi tomonlarga uzatilishi mumkin:

  • To'lov provayderlari: Atmos to'lov tizimiga to'lov amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar (summa, hisob identifikatori). Karta ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri Atmos serverlariga yuboriladi
  • Google: Google hisobi orqali kirganda autentifikatsiya uchun Google OAuth2 xizmati ishlatiladi
  • Telegram: bot orqali foydalanganda xabarlar Telegram API orqali yuboriladi
  • AI xizmatlari: AI savol generatsiyasida manba matn Google Gemini API ga yuboriladi (shaxsiy ma'lumotlar yuborilmaydi)
  • Huquqiy talab: qonun talabiga binoan davlat organlariga
Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini reklama, marketing yoki profiling maqsadida hech qanday uchinchi tomonga bermaymiz.
5. To'lov tizimi va balans
Balans turlari

Platformada ikki xil balans turi mavjud:

TuriTavsifXususiyatlari
💰 Asosiy balans Bank kartasi orqali to'ldiriladi (Atmos to'lov tizimi). Barcha xizmatlar uchun ishlatiladi.
  • Kartadan to'ldirish mumkin
  • Kartaga yechib olish mumkin
  • Barcha xizmatlar uchun sarflash mumkin
🎁 Bonus balans Tizim tomonidan beriladigan bonuslar: xush kelibsiz bonusi, referral bonusi, admin bonusi, imtihon daromadidan o'tkazma.
  • Kartaga yechib olish mumkin EMAS
  • Faqat platforma ichida sarflash mumkin
  • Avval bonus balans sarflanadi
Sarflash tartibi: Xizmatlar uchun to'lov qilinganda avval bonus balans sarflanadi. Bonus balans yetmasa, qolgan qismi asosiy balansdan ushlab qolinadi.
To'lov operatsiyalari
  • To'lovlar Atmos to'lov gateway orqali amalga oshiriladi. Karta raqamlari platformada saqlanmaydi
  • Har bir to'lov SMS OTP (bir martalik kod) orqali tasdiqlanadi
  • Barcha tranzaksiyalar to'lov tarixida saqlanadi va foydalanuvchiga ko'rsatiladi
  • Yangi foydalanuvchilarga ro'yxatdan o'tganda bir martalik xush kelibsiz bonusi beriladi (bonus balansga)
Imtihon daromadini o'tkazish (Transfer)

Pullik imtihon yaratuvchilari imtihon balansidagi daromadni o'z hisobiga o'tkazishi mumkin. Ikki xil o'tkazma mavjud:

O'tkazma turiSoliq stavkasiQabul qiluvchiMisol
Bonus balansga 10% Bonus balans 100,000 → 90,000 bonus (10,000 soliq)
Asosiy balansga 20% Asosiy balans 100,000 → 80,000 balans (20,000 soliq)

Eslatma: Bonus balansga o'tkazilgan mablag'ni kartaga yechib olish mumkin emas. Asosiy balansga o'tkazilgan mablag'ni yechib olish mumkin.

Mablag' yechib olish (Withdrawal)
  • Faqat asosiy balansdan mablag' yechib olish mumkin (bonus balansdan emas)
  • Yechib olishda 5% soliq ushlab qolinadi
  • Misol: 100,000 so'm yechib olishda 5,000 so'm soliq, 95,000 so'm kartangizga tushadi
  • Yechib olish so'rovi administrator tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlangandan keyin kartaga o'tkaziladi
  • So'rov yuborilganda mablag' balansdan ushlab qolinadi. Rad etilsa, mablag' balansga qaytariladi
Soliq stavkalari
OperatsiyaSoliqIzoh
Imtihon → Bonus balans 10% Imtihon daromadini bonus balansga o'tkazish
Imtihon → Asosiy balans 20% Imtihon daromadini asosiy balansga o'tkazish
Balans → Karta 5% Asosiy balansdan kartaga yechib olish
Muhim — qaytarilmaydigan operatsiyalar:
  • Balansdan sarflangan mablag'lar (imtihon yaratish, savol generatsiya, pullik imtihon topshirish) qaytarilmaydi
  • O'tkazma va yechib olishda ushlab qolingan soliq qaytarilmaydi
  • Bonus balansni kartaga yechib olish mumkin emas
  • Hisob o'chirilganda qoldiq balans (asosiy va bonus) qaytarilmaydi
Narxlash
  • Xizmat narxlari platformada elon qilinadi va oldindan ma'lum qilinmasdan o'zgarishi mumkin
  • Allaqachon sarflangan operatsiyalarga narx o'zgarishi ta'sir qilmaydi
  • Pullik imtihon narxi imtihon yaratuvchisi tomonidan belgilanadi
  • Soliq stavkalari o'zgarishi mumkin. Joriy stavkalar API va platforma interfeysida ko'rsatiladi
To'lov ma'lumotlari xavfsizligi
  • Karta raqamlari, amal qilish muddati va CVV kodlari platformada saqlanmaydi
  • To'lov ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri Atmos to'lov provayderi serverlariga yuboriladi
  • Platforma faqat tranzaksiya identifikatori, summa va holat ma'lumotlarini saqlaydi
6. Telegram integratsiyasi
  • Telegram bot orqali foydalanganda Telegram user ID, ism va foydalanuvchi nomi saqlanadi
  • Bot orqali yuborilgan xabarlar va javoblar Telegram API orqali uzatiladi va Telegram serverlarida ham saqlanadi
  • Telegram hisobingizni platforma hisobiga bog'lash ixtiyoriy. Bog'langan hisobni istalgan vaqtda uzishingiz mumkin
  • Telegram Mini App orqali to'lov qilganda xuddi veb-saytdagi kabi xavfsizlik choralari qo'llaniladi
  • Telegram bot ma'lumotlariga faqat platforma administratorlari kirish huquqiga ega
7. Cookie fayllari
TuriMaqsadiMuddati
SessiyaTizimga kirish holati, CSRF himoya12 soat
TilTanlangan til sozlamasi1 yil
API tokenMobil ilova autentifikatsiyasi30 kun

Platforma reklama yoki tracking cookie fayllaridan foydalanmaydi. Cookie fayllarini brauzer sozlamalari orqali boshqarishingiz mumkin.

8. Foydalanuvchi huquqlari
  • Ko'rish: profil sahifasida o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ko'rishingiz mumkin
  • Tahrirlash: ism, email, telefon va boshqa ma'lumotlarni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin
  • Natijalar: imtihon natijalari va to'lov tarixini to'liq ko'rishingiz mumkin
  • Bog'lanishni uzish: Google va Telegram hisoblarini istalgan vaqtda uzishingiz mumkin
  • Hisobni o'chirish: hisobingizni butunlay o'chirishni so'rashingiz mumkin. O'chirilgandan keyin barcha shaxsiy ma'lumotlar qaytarib bo'lmas tarzda o'chiriladi
Parolni tiklash

Agar parolingizni unutgan bo'lsangiz yoki Google/Telegram orqali kirgan bo'lsangiz va parol o'rnatmagan bo'lsangiz, yangi parol olishingiz mumkin:

  • Telegram: Telegram hisobingiz bog'langan bo'lsa, yangi parol Telegram bot orqali yuboriladi
  • Email: Hisobingizda email mavjud bo'lsa, yangi parol email orqali yuboriladi (info@oson-test.uz dan)

Yangi parol tasodifiy generatsiya qilinadi. Tizimga kirganingizdan so'ng parolni o'zgartirishni tavsiya qilamiz.

Hisobni o'chirish bo'yicha so'rov yuborish uchun info@oson-test.uz ga murojaat qiling. So'rov 30 kun ichida ko'rib chiqiladi.
Hisob o'chirilganda balans qoldig'i qaytarilmaydi. O'chirishdan oldin balansni sarflashingizni tavsiya qilamiz.
9. Xizmat shartlari va qoidalar
Foydalanish qoidalari:
  • Platformadan faqat qonuniy maqsadlarda foydalaning
  • Hisob ma'lumotlaringizni boshqalar bilan bo'lishmang
  • Imtihon jarayonida aldash va noto'g'ri javob berishga urinmang
  • Boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini hurmat qiling
  • Intellektual mulk huquqlarini buzadigan kontent joylashtirmang
Ta'qiqlangan harakatlar:
  • Soxta ma'lumot bilan ro'yxatdan o'tish
  • Boshqalarning hisoblaridan ruxsatsiz foydalanish
  • Platformaga zararli dastur yuklash yoki xaker hujumlari uyushtirish
  • Spam, zararli havola yoki taqiqlangan kontent tarqatish
  • Platformaning texnik tizimlarini buzishga urinish
  • Avtomatik vositalar (bot, scraper) yordamida ma'lumot yig'ish
Ogohlantirish: qoidalarni buzgan foydalanuvchilar hisoblari ogohlantirish berilmasdan bloklanishi mumkin. Bloklangan hisobdagi balans qaytarilmaydi.
Javobgarlik chegarasi:
  • Platforma 'boricha' asosda taqdim etiladi. Uzluksiz ishlash kafolat berilmaydi
  • Texnik nosozliklar tufayli yuzaga kelgan zararlar uchun platforma javobgar emas
  • Foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent uchun kontent egasi javobgar
10. Imtihon platformalari va cheklovlar

Imtihonlarni turli platformalarda yechish imkoniyati imtihon sozlamalariga bog'liq. Quyidagi jadval har bir holat uchun mavjud platformalarni ko'rsatadi:

Holat Web (yakka) Bot (yakka) Mobil (yakka) Guruh o'yini
Oddiy imtihon maydon bo'yicha maydon bo'yicha
Proctoring yoqilgan maydon bo'yicha
Pullik imtihon maydon bo'yicha maydon bo'yicha
Proctoring + Pullik maydon bo'yicha

Belgilar izohi:

  • — har doim mavjud
  • — har doim yopiq
  • maydon bo'yicha — imtihon yaratuvchisi 'Telegram botda ko'rsatish' yoki 'Mobilda ko'rsatish' sozlamalarini yoqgan bo'lsa mavjud
Proctoring (nazorat rejimi)
  • To'liq ekran rejimi: imtihon davomida foydalanuvchi to'liq ekran rejimida bo'lishi shart. Ekrandan chiqqanda imtihon avtomatik 0 ball bilan yakunlanadi
  • Kamera nazorati: foydalanuvchining yuzi har 5 daqiqada kamera orqali suratga olinadi
  • Proctoring yoqilganda imtihonni faqat veb-sayt orqali topshirish mumkin. Telegram bot va guruh o'yini avtomatik o'chiriladi
  • Mobil ilovada yakka tartibda yechish yaratuvchi sozlamasiga bog'liq
Pullik imtihonlar
  • Pullik imtihonlarni veb-sayt, Telegram bot va mobil ilovada yakka tartibda yechish mumkin (yaratuvchi sozlamalariga bog'liq)
  • Pullik imtihonlar uchun guruh o'yini (Kahoot uslubidagi o'yin) mavjud emas
  • Imtihon narxi imtihon boshlanishidan oldin foydalanuvchi balansidan ushlab qolinadi
Guruh o'yini (Kahoot uslubi)
  • Guruh o'yini faqat bepul va proctoring o'chirilgan imtihonlar uchun mavjud
  • Guruh o'yinida faqat 'bitta to'g'ri javob' (select_one) turdagi savollar ishlatiladi
  • Ishtirokchilar 6 xonali PIN-kod orqali o'yinga qo'shiladi
  • Guruh o'yinida qo'shimcha savollar (extra questions) so'ralmaydi
11. Guruh quiz (Kahoot uslubi)

Guruh quiz — bu bir vaqtning o'zida barcha ishtirokchilar real vaqtda savolga javob beradigan jonli o'yin. Veb-sayt va Telegram guruh chatlarida ishlaydi.

Qanday ishlaydi
  1. Host (boshlovchi) imtihondan guruh quiz sessiyasini yaratadi
  2. Ishtirokchilar 6 xonali PIN-kod orqali qo'shiladi
  3. Host 'Boshlash' tugmasini bosadi
  4. Har bir savol taymer bilan ko'rsatiladi (5-120 soniya)
  5. Tezroq to'g'ri javob = ko'proq ball
  6. Har bir savoldan keyin leaderboard (reytingi) ko'rsatiladi
  7. Oxirida yakuniy natijalar chiqadi
Kim yarata oladi

Har qanday ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi istalgan faol imtihondan guruh quiz yarata oladi. Quyidagi cheklovlar mavjud:

  • Proctoring (to'liq ekran yoki kamera) yoqilgan imtihonlar uchun guruh quiz yaratib bo'lmaydi
  • Pullik imtihonlar uchun guruh quiz yaratib bo'lmaydi
  • Faqat 'bitta to'g'ri javob' (select_one) turdagi savollar ishlatiladi. Boshqa turdagi savollar avtomatik o'tkazib yuboriladi
O'yin turlari (quiz type)

Telegram guruh chatida o'yin ikki xil rejimda o'tkazilishi mumkin:

TuriTavsifXususiyatlari
Polling Telegram'ning o'ziga xos quiz poll funksiyasidan foydalanadi. Savollar Telegram poll sifatida yuboriladi.
  • Telegram native poll
  • To'g'ri javob avtomatik ko'rsatiladi
  • Leaderboard har savoldan keyin
Inline Javob variantlari inline tugmalar (keyboard buttons) sifatida ko'rsatiladi. Har bir ishtirokchi javob berganida emoji bilan bildirish chiqadi.
  • Inline keyboard tugmalari
  • Tezkor javob berish
  • Leaderboard har savoldan keyin
Eslatma: Veb-sayt orqali yaratiladigan guruh quizda o'yin turi tanlanmaydi — u faqat veb interfeys orqali o'tkaziladi.
Ball hisoblash

Formula:

ball = 1000 × (qolgan_vaqt / umumiy_vaqt)

To'g'ri javob uchun — tezlik asosida 0 dan 1000 gacha ball beriladi

Noto'g'ri javob uchun — 0 ball


Misol: 20 soniyalik savolga 12 soniya qolganda to'g'ri javob = 1000 × 12/20 = 600 ball

O'yin holatlari (State Machine)
HolatTavsif
WAITINGIshtirokchilar qo'shilmoqda. Host 'Boshlash' tugmasini bosadi
ACTIVESavol ko'rsatilmoqda, taymer ishlayapti. Ishtirokchilar javob beradi
BETWEENLeaderboard (reyting jadvali) ko'rsatilmoqda
FINISHEDO'yin tugadi. Yakuniy natijalar va g'olib e'lon qilinadi

Ketma-ketlik: WAITING → ACTIVE → BETWEEN → ACTIVE → ... → FINISHED

Ishtirok etish usullari
PlatformaQo'shilish usuliIzoh
Veb-sayt PIN-kod va ism kiritish Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi sifatida
Telegram bot 'Join' tugmasini bosish Telegram foydalanuvchi sifatida (ro'yxatdan o'tish shart emas)
Mobil ilova PIN-kod orqali API orqali
Ma'lumotlar va maxfiylik
  • Guruh quiz natijalarida faqat ishtirokchining ko'rsatish ismi (display_name), umumiy bali va javoblar soni ko'rsatiladi
  • Telegram orqali ishtirok etganda foydalanuvchining Telegram ismi ishlatiladi
  • Guruh quiz sessiyasi tugagandan keyin natijalar saqlanadi, lekin shaxsiy ma'lumotlar (telefon, email) boshqa ishtirokchilarga ko'rsatilmaydi
  • PIN-kod faqat bitta sessiya uchun amal qiladi va sessiya tugagandan keyin qayta ishlatilmaydi
12. CEFR imtihonlari

CEFR imtihonlari Yevropa Kengashining til bilish shkalasi bo'yicha (A1 — C2) darajangizni aniqlaydi va 4 ta ko'nikmadan iborat: Listening, Reading, Writing, Speaking.

Qanday ma'lumotlar saqlanadi
  • Har bir ko'nikma bo'yicha berilgan javoblar va natijaviy foiz
  • Writing bo'limida yozgan inshoingiz to'liq matn ko'rinishida saqlanadi
  • Speaking bo'limida yuklagan audio yozuvingiz fayl sifatida saqlanadi
  • Yakuniy CEFR darajasi (A1, A2, B1, B2, C1 yoki C2) va urinish vaqti
Kim ko'ra oladi
  • Siz: o'z natijangiz, har bir ko'nikma bo'yicha ball, javoblaringiz ro'yxati
  • Imtihon yaratuvchisi: o'z imtihoniga yuborilgan barcha ishtirokchi javoblari (jumladan Writing matni va Speaking audiosi) — qo'lda baholash uchun zarur
  • Administratorlar: texnik muammolarni hal qilish va qoidalar buzilganini tekshirish maqsadida
Writing va Speaking ko'nikmalari inson tomonidan (odatda imtihon yaratuvchisi tomonidan) baholanganidan keyin yakuniy daraja hisoblanadi. Shu sabab yaratuvchi javobingizni o'qiydi yoki audioningizni tinglaydi.
13. IELTS imtihonlari

IELTS imtihonlari Listening, Reading, Writing va Speaking ko'nikmalaridan iborat bo'lib, natija band shkalasi (0–9, 0.5 qadamda) bo'yicha beriladi. Academic va General Training turlari mavjud.

Qanday ma'lumotlar saqlanadi
  • Listening va Reading: savol bo'yicha berilgan tanlov va matnli javoblar
  • Writing (Task 1 va Task 2): yozgan matningiz to'liq saqlanadi va inson (grader) tomonidan baholanadi
  • Speaking (async rejim): yuklagan audio yozuvingiz fayl sifatida server xotirasida saqlanadi (ielts/audio/ jildida)
  • Speaking (scheduled rejim): bron qilingan vaqt va grader (imtihon yaratuvchisi) bilan jonli video qo'ng'iroq (batafsil — keyingi bo'limda)
  • Band natijalari: har bir ko'nikma bo'yicha 0–9 band va umumiy band (4 ko'nikma o'rtachasi, 0.5 ga yaxlitlangan)
Proctoring (IELTS uchun)
  • Agar imtihon yaratuvchisi kamera nazoratini yoqgan bo'lsa, har daqiqada kamera orqali suratga olinadi va tizim yuzlarni avtomatik tekshiradi
  • Surat va buzilish hodisalari (yuz topilmasa yoki bir necha yuz topilsa) saqlanadi va imtihon yaratuvchisi bilan administratorga ko'rinadi
  • IELTS proctor suratlari server xotirasida alohida jildda (ielts/proctor_snapshots/) sana bo'yicha saqlanadi
  • Fullscreen majburiy bo'lsa, to'liq ekrandan chiqqanda urinish avtomatik yakunlanadi
Inson tomonidan baholash
  • Writing va Speaking ko'nikmalarini inson (odatda imtihon yaratuvchisi yoki uning tayinlagan grader'i) baholaydi
  • Yakuniy umumiy band Writing va Speaking baholanganidan keyin chiqadi
  • Grader sizning yozgan inshoingizni to'liq o'qiydi va audio yozuvingizni tinglaydi. Uning izohlari natija sahifasida ko'rinishi mumkin
14. Jonli Speaking video xonasi (WebRTC)

Scheduled IELTS Speaking rejimi sizni imtihon yaratuvchisi (grader) bilan belgilangan vaqtda jonli video qo'ng'iroq orqali bog'laydi. Qo'ng'iroq brauzeringizda WebRTC texnologiyasi orqali amalga oshiriladi.

Qanday ishlaydi — texnik izoh
  • Video va audio oqimi to'g'ridan-to'g'ri sizning brauzeringiz va grader brauzeri o'rtasida (peer-to-peer) uzatiladi. Server bu oqimlarni qayd etmaydi va saqlamaydi
  • Peer-to-peer aloqani o'rnatish uchun texnik xabarlar (SDP, ICE adreslar) server keshi orqali almashtiriladi — bu xabarlar 1 soat ichida avtomatik o'chiriladi
  • Qo'ng'iroq xonasi belgilangan vaqtdan 5 daqiqa oldin ochiladi va tugashdan 10 daqiqa keyin yopiladi
  • Platforma hozircha o'zining TURN serveriga ega emas. Cheklangan NAT orqasidagi foydalanuvchilar uchun qo'ng'iroq ishlamasligi mumkin
Siz nima ulashasiz
  • Kamerangiz va mikrofoningiz orqali video va audio oqimi — grader sizni ko'radi va eshitadi. Brauzer ruxsatisiz kameraga kirish imkoni yo'q
  • Video xonasining chat oynasida yuborgan matnli xabarlaringiz — xabarlar server keshida 1 soat saqlanadi, keyin avtomatik o'chiriladi
  • Qo'ng'iroq davomiyligi (bron qilingan slot) va qo'ng'iroq bo'lib o'tdi/o'tmadi degan holat
Yozib olish
  • Platforma qo'ng'iroqni avtomatik yozib olmaydi va serverda saqlamaydi
  • Grader qo'ng'iroq paytida o'z ixtiyori bilan yozib olishi mumkin — lekin u buni sizga oldindan xabar berishi shart
Rozilik: Speaking slotini bron qilish orqali siz kamera va mikrofoningiz orqali o'zingizni grader'ga ko'rsatishga rozilik bildirasiz. Kamerangizni ochishni istamasangiz, slotdan voz keching yoki bekor qiling.
Qo'ng'iroq xonasida faqat bron qilgan foydalanuvchi va imtihon yaratuvchisi ishtirok etishi mumkin. Uchinchi shaxslar kira olmaydi.
15. Voyaga yetmaganlar

Platformadan 14 yoshdan kichik shaxslar foydalanishi mumkin emas. 14-18 yosh orasidagi foydalanuvchilar ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligida foydalanishi mumkin.

Agar biz 14 yoshdan kichik shaxsning ma'lumotlarini to'plaganimizni aniqlasak, ushbu ma'lumotlar darhol o'chiriladi.

16. Siyosatga o'zgartirishlar

Biz ushbu maxfiylik siyosatini istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini saqlab qolamiz. Muhim o'zgarishlar haqida platformada xabar beriladi.

O'zgarishlardan keyin platformadan foydalanishni davom ettirish yangilangan shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.

17. Aloqa ma'lumotlari
Manzil:
  • Toshkent shahri, O'zbekiston
  • Dushanba — Juma, 9:00 — 18:00

Oson Test platformasini ishlatganingiz uchun rahmat.

Bosh sahifa Narxlar